Byuroning Sergeli tuman boʻlimi ish yurituvida Fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumanlararo sudining 2019-yil 16-oktyabr kunidagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “4-sonli avtobus saroyi” MCHJdan undiruvchi fuqarolar N.Yuldasheva, M.Abdullayeva Sh.Hamidovning foydasiga jami 50.000.000 soʻm miqdorida maʼnaviy zarar undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati boʻlim ish yurituviga 29.11.2019-yilda kelib tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish qarori qabul qilingan.

Ijro harakatlari davomida, 29.11.2019-yilda qarzdor “4-sonli avtobus saroyi” MCHJ ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor “4-sonli avtobus saroyi” MCHJdan undiruvchilar N.Yuldasheva, M.Abdullayeva Sh.Hamidovning foydasiga jami 50.000.000 soʻm maʼnaviy zarar toʻliq undirib berildi.