MIB: Mol-mulklari xatlangach qarzdorlik bartaraf etildi

    Ijtimoiy hayot 16 Oktabr 2020 2770

    Majburiy ijro byurosi Namangan tuman boʻlimi tomonidan soliq undiruvlari bilan bogʻliq ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar koʻrib kelinmoqda.

    Jumladan, boʻlim ish yurituviga ”Mirishkor” MCHJdan davlat boji, soliq qarzdorligini majburiy tartibda undirish toʻgʻrisida ijro hujjati olingan. Davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Amaldagi qonunchilikka koʻra, qarzdorlikni bartaraf etish uchun ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, jamiyat mutasaddilari bunga sovuqqonlik bilan qarashdi shekilli, qarzdorlik toʻlanmadi.

    Ish endi majburiy undiruvga qaratildi.Yaʼni, davlat ijrochisi tomonidan jamiyatga tegishli boʻlgan bino inshootlar qarzdorlik evaziga xatlanib, auksion savdolariga chiqariladi.

    Shundan keyingina jamiyat maʼsullari salkam 190 mln. soʻm miqdorida davlat boji, soliq karzdorligi, ijro yigʻimi hamda jarima naqd koʻrinishda toʻlandi. Ijro hujjati tamomlandi.

    Ulugʻbek Abduraxmonov,

    MIB Namangan tuman boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari