MIB munosabati : ijro hujjati hozircha bo'limga kelmagan va kelishi bilan ijroga kirishiladi

    Ijtimoiy hayot 27 Iyun 2020 2366

    Joriy yilning 27 iyun` kuni Internet tarmoqlarida “Termiz shahri MIB idorasidagi vaziyat. Murojaatchi ayolning fig'oni falakka chiqmoqda” nomli video xabar yuzasidan

    Mazkur video xabar Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan o'rganib chiqildi.

    Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo'yicha Termiz tumanlararo sudining 17.05.2013 yildagi sud buyrug'iga asosan qarzdor Fozilov SHovkatdan undiruvchi Xasanova Umida foydasiga voyaga etmagan bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uchun ish haqi va boshqa barcha daromadlarining 1/4 qism miqdorida aliment undirish to'g'risidagi ijro hujjati bo'lim ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo'zg'atish to'g'risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.

    Bo'lim davlat ijrochisi tomonidan 2019 yil 22 oktyabr` oyida ushbu ijro hujjati undiruvchi Xasanova Umida qarzdor Fozilov SHavkat bilan o'zaro kelishib olganligi sababli O'zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 40-moddasi 1-qismiga asosan ijro hujjati qaytarib berilgan.

    Joriy yilning 27 iyun` kuni Majburiy ijro byurosi Termiz shahar bo'limi binosida mazkur video xabarda aks etgan undiruvchining ishonchli vakili Abitova Farida ergashjonovna bilan suhbatlashilganda davlat ijrochisi bilan gaplashganini hamda farzandi kasalligi sababli, jahl ustida davlat ijrochisiga nisbatan yuqori ovozda gapirganini bildirgan.

    Ushbu ijro hujjat yuzasidan davlat ijrochisi B.Fayziev tomonidan undiruvchiga ijro hujjaatini asoslantiruvchi hujjatlar bilan ilova qilingan holda pochta aloqa tarmog'i orqali yuborilishi haqida tushuntirish berilgan hamda undiruvchining ishonchli vakili Abitova Faridaga arizasi bo'lim ish yurituviga kelib tushishi bilan ijro harakatlari olib borilib, undirish choralari ko'rilishi haqida bildirgan.

    SHu sababli, O'zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunning 27-moddasiga asosan ijro hujjatini ijroga topshirish huquqi tushuntirildi.


    Majburiy ijro byurosi
    Surxondaryo viloyat boshqarmasi