MIB Samarqanddagi hokimliklardan 90 mlrd soʻmga yaqin kompensatsiya undirdi

    Samarqandda 2025-yilda hokimliklardan jismoniy va yuridik shaxslarga ularning buzilgan binolari uchun 90 mlrd soʻmga yaqin kompensatsiya undirildi.

    Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

    Maʼlum qilinishicha, shu yilning oʻtgan davrida hududiy boʻlimlar ish yurituviga mazkur toifadagi jami 1 trln soʻmlik 81 mingdan ortiq ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro ishlari yuritilgan. Olib borilgan ijro harakatlari natijasida 20 mingdan ortiq ijro hujjati tamomlanib, 127 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ undirilgan.

    Shuningdek, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan uy-joylari, ishlab chiqarish imoratlari va boshqa inshootlar uchun hokimliklardan kompensatsiya undiruvi bilan bogʻliq 218 ta ijro ishi boʻyicha jami 89,9 mlrd. soʻm mablagʻlar undirib berilgan.

    Bundan tashqari, 644 nafar fuqarolar foydasiga 5,1 mlrd soʻmlik mablagʻlar, shu jumladan, 1 mlrd soʻmdan ziyod ish haqlari hamda 8,1 mlrd soʻmlik yetkazilgan zarar mablagʻlari undirilishi taʼminlangan.

    Hozirda, fuqarolar foydasiga 61 380 ta 659,2 mlrd soʻmlik hamda yuridik shaxslar foydasiga 78 000 ta jami 2 trln soʻmlik ijro ishlari boʻyicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.