MIB: xodimlarning ishdan boʻshatilishi holatlari qatʼiy nazorat qilib borilmoqda

    Ijtimoiy hayot 29 Iyun 2020 3715

    Joriy yilning 29-iyun kuni ijtimoiy tarmoqlardagi “Bizda MIB direktori aytgan gapning teskari qilinyapti” nomli joylashtirilgan xabar yuzasidan

    Mazkur xabarda, “joriy yilning 18-iyun kuni Byuro direktori tomonidan oʻtkazilgan videoselektorda 1-avgustdan yuridik mutaxassislikka ega inspektorlar ish bilan taʼminlanishi, qolganlar kommunal sohalarga oʻtkaziladi deyilgani, lekin MIBning Jizzax viloyat boshqarmasi kadrlar boʻlimi birinchi navbatda yuridik maʼlumotlilarni boʻshatib yuborayotganligi” haqida soʻz borgan.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.06.2020-yildagi “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6010-sonli Farmoni qabul qilindi hamda ushbu Farmon bilan Majburiy ijro byurosi faoliyatidagi gaz va elektr uchun toʻlovlarni qabul qilish vazifa va funksiyalari joriy yilning 1-avgustidan boshlab Energetika vazirligi zimmasiga oʻtishi belgilandi.

    Mazkur Farmon mazmun-mohiyati dastlab, Byuro rahbariyati tomonidan audioselektor orqali barcha xodimlarga yetkazildi, soʻngra boshqarma rahbariyati tomonidan xodimlarga tushuntirildi.

    Hozirga qadar Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasida jami 8 nafar xodim ishdan boʻshatilgan boʻlib, shundan 2 nafari boshqa ish topganligi sababli oʻz xohshiga koʻra arizasini taqdim etgan hamda 6 nafar davlat inspektorlarining mehnat shartnomasi muddati tugaganligi bois shartnoma muddati uzaytirilmagan.

    Xabarda keltirilgan vajlar asosga ega emas va boʻshatilgan xodimlar orasida oʻrta maxsus va oliy yuridik maʼlumotga ega xodimlar mavjud emasligini alohida taʼkidlash lozim.

    Maʼlumot oʻrnida, boshqarma tizimidagi shtat birliklari qisqartirilishi nazarda tutilgan xodimlar roʻyxati shakllantirilib, viloyat bandlik boshqarmasi, Jizzax “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Jizzax Hududgaz” MChJlarga yuborilib, hamkorlikda xodimlarni ish joylariga bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda.

    Boshqarma tizimidagi xodimlarning ishdan boʻshash holatlari Byuro markaziy mahkamasi tomonidan qatʼiy nazorat qilib borilmoqda.

    Majburiy ijro byurosi
    Jizzax viloyat boshqarmasi