Microsoft qozoq tilini ham rasmiy tillari qatoriga kiritdi

    Raqamlashtirish 6 Iyun 2020 3537

    Bu haqda kompaniyaning o'zi ma'lum qildi. Hozirda kompaniyaning tarjima qilinadigan tillari guruhida 60 dan ortiq tillar mavjud, deb xabar beradi Kaz-science.kz.

    endilikda qozoq tili – Microsoft tarjima dasturlari, ilovalari, Office dasturlari, Bing tarjimoni hamda biznes va dasturiy ta'minotni ishlab chiquvchilarga mo'ljallangan Azure Cognitive Services tarjima xizmatining tilidir.

    «Bugun biz til to'siqlarini olib tashlash bo'yicha vazifamizni davom ettirib, Microsoft Translator tillar guruhiga qozoq tilini kiritganimizni mamnuniyat bilan ma'lum qilamiz. Qazaqsha yoki Qazaq Tili deya tanilgan ushbu tilda Qozog'istonda, G'arbiy Xitoyda, G'arbiy Mo'g'ulistonda, Rossiyaning janubida va dunyoning boshqa qismlarida 22 millionga yaqin odam so'zlashadi», —deyiladi bayonotda.

    eslatib o'tamiz, 2014 yil 12 dekabr` kuni WikiBilim jamoat fondi Google kompaniyasi tarjima xizmatiga qozoq tili kiritilganini rasman e'lon qilgandi.

    Bugungi kunda qozoq tili bu tarjima vositasidagi 109 ta tildan biridir.