“Microsoft” telegramda rasmiy sunʼiy intellekt “Copilot”ni ishga tushirdi

    Ushbu “AI” boti kuniga 30ta so‘rov, savollarga tezda javob berish va tahlil qilish funksiyalariga ega.

    Amerikaning Misrosoft korporatsiyasi Telegram messenjerida sunʼiy intellektga asoslangan Copilot chatbotining beta-versiyasini ishga tushirdi. Neyron tarmoq foydalanuvchi savollariga darhol javob bera oladi, shuningdek, boshqa bir qator vazifalarni bajarishga qodir.

    Copilotdan foydalanish uchun o‘zingizni telefon raqamingiz bilan tasdiqlashingiz kerak. So‘ng bepul foydalanish chegarasi kuniga 30 ta so‘rov bo‘ladi. Chatbot foydalanuvchilar va tanqidchilarning sharhlari asosida filmlar yoki teleseriallarni tavsiya qilishi, qulay 4K o‘yin uchun video kartani taklif qilishi, shuningdek, dasturlashda kodlarni tahrirlashi mumkin. Agar kerak bo‘lsa, AI maʼlumot manbalariga ham havolalar beradi.

    Microsoft avvalroq AI yordamchi Copilot Microsoft kompyuter o‘yinlarida paydo bo‘lishini eʼlon qilgan edi. Kompaniya, shuningdek, kompyuterlarda ekranning chekka qismida Copilotning qidiruv funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda.