Microsoft dunyo bo‘ylab barcha chakana savdo do‘konlarini yopmoqda

    Raqamlashtirish 2 Iyul 2020 1699

    Microsoft kompaniyasi dunyo bo‘ylab barcha chakana savdo do‘konlarni butunlay yopishi va barcha sotuvlarni onlayn shakliga o‘tkazilishi to‘g‘risida rasmiy ma’lumot berdi.

    Kompaniyaning London, Nyu-York, Sidney va Redmondda joylashgan asosiy to‘rtta sotuv do‘konlari (operatsion markazlar) boshqa vazifalar uchun ishlatiladi, ularning maydonlari esa qayta jihozlanadi.

    Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanganidek, masofaviy ravishda olib boriladigan chakana va korporativ sotuvlarning yahshi ko‘rsatqichlari hozirgi vaziyatga moslashishga va o‘z faoliyatida strategik o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin yaratib bergan.

    Microsoft kompaniyasining Microsoft Store nomidagi o‘zining maxsus do‘konlarini 2009 yildan boshlab rivojlantirib kelgan, hozirda ularning soni 80 taga yetgan.