Migrantlar Rossiyada pensiya olishi mumkin

    Bilasizmi? 14 Yanvar 2021 1176

    Endilikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YEOII) aʼzo davlatlar fuqarosi hisoblangan mehnat migranti u ishlagan va soliq toʻlagan Ittifoq hududida pensiya olishi mumkin boʻladi.

    2021-yilda YEOIIga aʼzo mamlakatlar ishchilarini pensiya bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi bitim kuchga kirdi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

    Agar qirgʻizistonlik migrant, Ittifoqning biron bir davlatida qonuniy ishlasa va sugʻurta badallarini toʻlasa, pensiya yoshiga yetganida u Qirgʻizistondagi kabi shartlarda pensiyaga chiqishi mumkin.

    Maʼlumot uchun, YEOIIga Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Armaniston va Qirgʻiziston kiradi. Moldova, Oʻzbekiston va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.