Migratsiya agentligi: kafilni «kafansiz« qoldirmang!

    Migratsiya agentligi Koreya Respublikasiga vaqtincha ishlash uchun borganlar oʻz ish joyini sababsiz tashlab ketishining oqibatlaridan ogohlantirdi. Shu kabi qilmishni qilgan Qariyb 80 nafar fuqaroning kafillari davlatga 2 mlrd soʻmdan ortiq jarima toʻlagan.

    Xabarda aytilishicha, Koreyaga ishlash maqsadida ketgan va shartnoma shartlarini buzgan qashqadaryolik fuqaro M.Aning kafilidan sud qaroriga asosan MIB 70 mln soʻm undirgan.

    Migratsiya agentligiga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida oʻz ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar hamyurtimizning kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd soʻmdan ortiq jarima undirilgan.

    «Koreyaga ishlash uchun borayotgan har bir yurtdoshimiz ketish oldidan uch tomonlama shartnomaga imzo chekmoqda. Shartnomada «Agar ish joyimni sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan boʻlsam, meni kafillikka olayotgan shaxs, yaʼni yaqin qarindoshimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uchun 2000 AQSH dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilishiga roziman«, degan jumlalar bor«, deyiladi xabarda.