Bu haqda Agentlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining imzolagan farmoniga koʻra Rossiya Federatsiyasidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomini rasmiylashtirishi (legalizatsiya)lozim boʻlgan muddat 2025-yilning 10-sentyabrgacha uzaytirildi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud boʻlgan barcha yurtdoshlarimizga huquqiy, amaliy yordam koʻrsatishga tayyorligi bildirdi.
Legalizatsiyaga doir savollar bilan quyidagi telefon raqamlarga va telegram orqali @huquqiy_yordam_uzbot ga murojaat qiling:
- (95) 985 33 55, (95) 983 33 55 🇺🇿
- +79250454744🇷🇺
- @ pomoshrussiamigrant
- WhatsApp: +79250454744








