“Mikrokreditbank” ATB tomonidan ham ana shunday xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, 2022-yilning yanvar-aprel oylarida 8 294 nafar xotin-qizlarning tadbirkorlikning turli yoʻnalishdagi loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha 191,9 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada 8 475 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, 2022-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqdaki, bunda oʻtkaziladigan xatlov natijalariga koʻra, navbatdagi bosqichda daftarga kiritilgan, tadbirkorlik istagida boʻlgan xotin-qizlarga imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilishida koʻmaklashildi. Va bu kabi ishlar davom ettiriladi.

Yana “Mikrokreditbank” ATB tomonidan hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha ham aholiga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda.

Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida joriy yil boshidan bugunga qadar hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 8,3 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻlari ajratildi.

Eʼtiborlisi, imtiyozli kreditlarning 5,1 mlrd. soʻmi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlgan 117 nafar hunarmand tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, bu ishlar 2022-yilning yanvar-aprel oylarida amalga oshirilgan boʻlib, “Mikrokreditbank” ATB bu boradagi yanada ulkan loyihalari bilan aholining tadbirkorlik faoliyatiga munosib hissa qoʻshishda davom etadi.

“Mikrokreditbank” ATB Matbuot xizmati.

Reklama huquqi asosida