Qonun mikromoliya tashkilotlari va tijorat banklari oʻrtasida ularni bogʻlovchi “zanjir”ni shakllantirish, shuningdek mikromoliya tashkilotlari uchun qoʻshimcha moliyaviy resurslar, shu jumladan depozitlar jalb etish imkoniyati yaratiladi.
Bank xizmatlarini ruxsat etilgan shartlar asosida koʻrsatishga vakolatli boʻlgan mikromoliya banki instituti joriy etiladi.
Shuningdek, qonun bilan mikromoliya tashkilotlarini mikromoliya banklariga va mikromoliya banklarini tijorat banklariga hamda aksincha transformatsiya qilish uchun huquqiy asos yaratilmoqda.
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, quyidagi kredit tashkilotlari oʻz faoliyatini oʻzgartirishi mumkin:
- mikromoliya tashkiloti – mikromoliya banki faoliyatiga;
- mikromoliya banki – bank faoliyatiga;
- bank – mikromoliya banki faoliyatiga;
- mikromoliya banki – mikromoliya tashkiloti faoliyatiga.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonuniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, mikromoliya banki faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani Markaziy bank tomonidan berish belgilandi.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.