Milan aeroportida erkak samolyot dvigateliga kirib ketib halok bo'ldi

    Italiya shimolidagi Milan aeroportida havoga ko'tarilayotgan samolyot dvigateliga kirib ketgan erkak halok bo'ldi, deb xabar berdi tengrinews.kz CNN telekanaliga tayanib.

    Hodisa mahalliy vaqt bilan seshanba kuni ertalab, samolyot Milanning Bergamo aeroportidagi tururgohdan chiqib, Ispaniya shimoli-g'arbidagi Asturiyaga yo'l olgan paytda yuz berdi.

    Italiyaning Corriere della Sera gazetasining xabar berishicha, aeroportning nomi oshkor etilmagan rasmiylari samolyot uchishga tayyorlanayotgan paytda bir kishi uchish-qo'nish yo'lagiga yugurib chiqib, dvigatelga kirib ketgan.

    Ispaniyaning Volotea aviakompaniyasining ma'lum qilishicha, samolyot bortida bo'lmagan va aviakompaniyaga aloqasi bo'lmagan bir kishi jiddiy jarohat olgan. 154 nafar yo'lovchi va olti nafar ekipaj a'zosining barchasi xavfsiz va ularga psixologik yordam ko'rsatilmoqda, deyiladi Volotea xabarida.

    Rasmiylar erkak qanday qilib aeroport tashqarisidan uchish-qo'nish yo'lagiga yetib kelgani yuzasidan tergov boshladi.

    Aeroport ma'lumotlariga ko'ra, hodisa tufayli parvozlar vaqtincha kechiktirilgandan so'ng rasmiylar mahalliy vaqt bilan seshanba kuni tushdan keyin tranzit markazdan parvozlarni qayta tiklagan, deb xabar beradi tengrinews.kz.