3,9 balli zilzila institut mutaxassislari tomonidan soat 16.59 da ro'yxatdan o'tkazildi. Uning episentri Milan shahridan atigi 6 km g'arbda, er yuzasidan 56 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzila Italiya “shimoliy poytaxti”ning turli hududlarida, shuningdek, uning chekkalarida ham sezilgan. Ba'zi binolarning yuqori qavatlarida qandillar chayqalgan, mebellar harakatlangan. Nima yuz berayotganini bilishga urinayotgan fuqarolardan shaharning turli xizmatlariga yuzlab telefon qo'ng'iroqlari kelib tushdi. Biroq, shahar o't o'chirish bo'limi xodimlarining so'zlariga ko'ra, aholidan hech kim yordam so'ramagan, qurbonlar va vayronagarchiliklar bo'lmagan. Zilzila shaharda avtomashinalar harakatlanishining biroz sekinlashishiga va mahalliy Trenord temir yo'l kompaniyasining bir nechta poezdlari kechikishiga olib keldi.
“Bugungi kunda Milanda ro'y bergan er silkinishini 500 yil oldin ushbu hududda qayd etilgan zilzila bilan taqqoslash mumkin. 5 balli kuchli zilzila bu erda 1396 yil 26-noyabrda sodir bo'lgan. Uning episentri o'sha paytda Monza shahrida bo'lgan (hozirgi Milan shahar atrofi)”, — dedi institutning Milan vakolatxonasini boshqaruvchi Lyudzi.

Italiyada amalda bo'lgan seysmik xavfli zonalar tasnifiga ko'ra Milan maydoni uchinchi toifaga kiradi, ya'ni u erda jiddiy zilzilalar ehtimoli “past” deb hisoblanadi. Bu — milanliklar o'z shaharlarida juda kam uchraydigan er yuzasining hozirgi tebranishlaridan juda xavotirda ekanliklarini anglatadi.