Millatlararo hamjihatlik - barqarorlik asosi

    Aholi turmush darajasini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga chiqarish, jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashga erishish yurtimizdagi islohotlarning muhim yo'nalishi.

    Boʻka tumani Chavlisoy MFY madaniyat saroyida Oʻzbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi, Boʻka tuman kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda koʻp millatli Oʻzbekistonda millatlararo hamjihatlik hamda «Oʻzbekiston-2030» strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda turfa millat vakillari istiqomat qilayotgan mahallalarda «Yangi Oʻzbekistonda-millatlararo hamjihatlik» mavzusida targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi.

    Tadbirda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi oʻz dasturiy maqsadlarini, avvalo, Oʻzbekiston mustaqilligini asrash va mustahkamlash, Vatanimizning gullab-yashnashi, mamlakatda ijtimoiy barqarorlik, fuqarolar va millatlar oʻrtasidagi hamjihatlik, har bir oila hamda butun xalqning farovonligiga erishish kabi umummilliy manfaatlar ustuvorligiga asoslanib belgilaganligi qayd etildi. « Oʻzbekiston -2030» strategiyasining bosh maqsadi – aholi turmush darajasini rivojlangan demokratik davlatlar darajasiga chiqarish, jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallash ekanligiga urgʻu berildi.

    Darhaqiqat, mamlakatimizning tobora yuksalayotgan iqtisodiy salohiyati aholi turmush darajasi va hayot sifatini oshirish, qam taʼminlangan qatlamning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishda muhim omil boʻlayotir. Bu mamlakatda ijtimoiy barqarorlik va fuqarolar birdamligini yanada mustahkamlashning asosiy omili hamda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim sharti hisoblanadi. Shu bois, Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda ham Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millati, tili va dinidan qatʼiy nazar, teng huquq va erkinliklarga ega ekani mustahkamlab qoʻyilgan. Har kimga oʻz milliy madaniyati, anʼana va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

    Tadbir yakunida oʻzbek, tojik, qozoq, qirgʻiz millatlarining qoʻshiq va raqslari ijro etildi.