Respublikamizda istiqomat qilayotgan 130 dan ortiq millat va elat Prezidentimizning millatlararo munosabatlar sohasida olib borayotgan siyosatini qoʻllab-quvvatlab kelishadi va mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshadilar.
Milliy siyosatni bevosita hayotga tatbiq etayotgan tashkilotlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hisoblanadi.
Ushbu Qoʻmita 2017-yil 19-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5046-sonli farmoniga binoan Respublika baynalmilal madaniyat markazi va Oʻzbekiston xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-maʼrifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida tashkil qilingan.
Joriy yilning 12-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining 2022-2026 yullarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2022-yil 1-chorakdagi ijrosi yuzasidan Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Qoʻmita rahbariyati va xodimlari, respublikada faoliyat olib borayotgan milliy madaniy markazlar, taklif etilgan mehmonlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Bugungi kunda Qoʻmita mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jami 151 ta milliy madaniy markaz, 38 ta doʻstlik jamiyati va xorijdagi vatandoshlarning 38 ta jamiyati bilan hamkorlik qilmoqda.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi tomonidan Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan 2022-2026 yullarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 2022-yil 1-chorakdagi ijrosi yuzasidan Jamiyatda koʻp millatli katta oila his-tuygʻusini, mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elat vakillari oʻrtasida doʻstlik va totuvlikni yanada mustahkamlash maqsadida Qoʻmita zimmasiga qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “Yoʻl xaritasi”ning 269, 270, 271, 272, 273, 315, 316 va 319 bandlari ijrosi yuklatilgan. Davlat dasturida belgilangan bandlar ijrosini taʼminlash maqsadida Qoʻmita boshchiligida vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tuzildi.
Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Azamat Toshev davlat dasturida belgilangan millatlararo totuvlikni taʼminlashda Qoʻmita tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar yuzasidan axborot berdi. Shuningdek, davlatimizda turli millat vakillariga yaratib berilayotgan sharoitlarga alohida urgʻu berib oʻtdi.
Qoʻmita raisi maslahatchisi Zafar Ahmedov xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi. Qoʻmita matbuot kotibi Gʻayrat Shukurov davlat dasturining 272-bandi ijrosi – xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarni davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash borasida qilingan ishlar haqida soʻz yuritdi.
Dasturda Milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, Jamiyatda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan 2022-2024-yillarda millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” loyihasini ishlab chiqish, turli millat yoshlari bilan kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish, xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar belgilangan.
Gʻayrat SHUKUROV,
Millatlararo munosabatlar va
xorijiy mamlakatlar bilan
doʻstlik aloqalari qoʻmitasi
Axborot xizmati rahbari











