баннер
23 Mar 2025
23:43

    Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita tashkil etiladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashni yangi bosqichga olib chiqishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-52-son, 19.03.2025-y.) qabul qilindi.

    Farmonga koʻra, Jamiyatda umummilliy totuvlik va xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashning ustuvor vazifalaridan biri etib millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va birdamlikni mustahkamlash orqali yagona fuqaroviy oʻzlikni shakllantirish belgilandi.

    Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi tashkil etiladi.

    Qoʻmita millatlararo munosabatlar hamda xorijdagi vatandoshlar masalalari sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi, davlat organlari va tashkilotlarning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

    Har yili “Oʻzbekiston yagona Vatan!” shiori ostida yurtimizdagi barcha millat va elatlar vakillarining oʻzaro tengligi, birdamligini, ularning Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga qoʻshayotgan hissasini eʼtirof etuvchi anjuman tashkil etiladi.

    Qoʻmita “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan birgalikda har yili xorijdagi vatandoshlarning “Uz Global Think” forumini tashkil etadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech