Adliya vazirligi O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarining milliy reytingini yuritish va kasbiy ta’lim tashkilotlarini rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Texnikumlar va akademik litseylarning milliy reytinglari Ta’lim sifatini ta’minlash agentligi tomonidan alohida yuritiladi.
Milliy reyting ma’lumotlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
- vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridagi ma’lumotlar;
- ta’lim tashkilotlari tomonidan kiritiladigan hujjatlar;
- ummummilliy so‘rovnoma natijalari.
Har yili 10 oktabrga qadar o‘tgan yil uchun milliy reyting natijalari e’lon qilinadi.
Bunda, har yili 30 mayga qadar o‘quvchilar, pedagoglar va ish beruvchilar o‘rtasida umummilliy so‘rovnoma o‘tkaziladi.
Milliy reytingda eng yuqori o‘rinlarni egallagan 50 ta texnikum BHMning 3 000 baravari miqdorida rag‘batlantiriladi hamda rag‘batlantirish to‘lovi sifatida ajratilgan mablag‘larni quyidagi maqsadlar uchun yo‘naltirishga ruxsat beriladi:
- 80 foiz – moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
- 20 foiz – rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish.