Dubay (BAA) millionerlar uchun eng yaxshi shaharlar ro'yxatida birinchi o'rinni egallab, Nyu-Yorkni ortda qoldirdi. Bloomberg tomonidan ko'rib chiqilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, Xalqaro ko'chmas mulk brokeri Savills boylar uchun eng mos megapolislarni sanab o'tdi.
Dubayning jozibadorligi meros solig'ining yo'qligi va kapitalning o'sishi, rivojlangan infratuzilma, yuqori darajadagi xavfsizlik va xalqaro maktablarning xilma-xilligi bilan bog'liq. Asosiy omillardan biri “oltin viza” olish imkoniyati bilan bog'liq – 2 million dirham (544 500 dollar) sarmoya evaziga u mamlakatda 10 yil yashash huquqini beradi.
Nyu-York ikkinchi o'rinda, Singapur esa kuchli uchlikni yakunladi. Garchi London hayot sifati bo'yicha yetakchi bo'lsa-da, mamlakatning hashamatli ko'chmas mulkka bo'lgan talabga salbiy ta'sir ko'rsatgan soliq tizimi tufayli o'ninchi o'ringa tushib ketdi, deb xabar berdi lenta.ru.








