Shveysariyaning Julius Baer xususiy banki tuzgan reytingda London ikkinchi oʻrindan joy oldi. Keyingi oʻrinlarda Taybey, Hongkong va Singapur joylashdi. Yuqori oʻntalikka shuningdek, Monako, Syurix, Tokio, Sidney va Parij shaharlari kirdi. Nyu-York 11-oʻringa joylashdi.
Julius Baer ekspertlari reytingni tuzishda 1 mln. dollar va undan koʻp daromadga ega insonlar sotib olishi mumkin boʻlgan mahsulot va xizmatlarning turli shaharlardagi narxlarini oʻrganishadi. Mahsulotlar roʻyxatiga koʻchmas mulk, BMW X7 avtomobili, Christian Dior ayollar sumkasi, taqinchoqlar, ayollar poyabzali, erkaklar kostyumi va qoʻl soati, MacBook, viski, vino, velosiped va trenajyorlar kiritilgan.
Xizmatlar roʻyxatidan biznes-klassda parvoz, mehmonxonadagi lyuks xona, eng yaxshi restoranda ovqatlanish, tibbiy sugʻurta, yuristlarga haq toʻlash, farzandlarni MBA darajasida oʻqitish va koʻzni lazerli korreksiya qilish kabilar oʻrin olgan.








