баннер
22 Mar 2025
21:27

    Milliy bogʻda bannerlar bilan toʻplanganlar kimlar edi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik fuqarolarning Toshkent shahar Chilonzor tumani Milliy bogʻda bannerlar bilan toʻplanib, “miting” qilayotganliklari haqida yolgʻon xabarlar tarqalmoqda.

    Mazkur holat yuzasidan IIV axborot xizmati munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 15-fevral kuni “Huawei” kompaniyasining ishchilari doimgidek shanba va yakshanba kunlari yugurish aksiyasini oʻtkazgan.

    Bannerlarda xitoy tilida “Sport sogʻliq garovi, siz ham yugurib sogʻlom boʻling” degan yozuvlari mavjud boʻlgan.

    “Bizning ham idora va tashkilotlar oʻrnak olsa arziydigan tadbir ekanligini eʼtirof etamiz”, deyilad IIV axborot xizmati.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech