Milliy gvardiya — har sohada koʻmakchi

    Amerika Qoʻshma Shtatlarida chop etib etib kelinayotgan “Eurasianet” gazetasida Fargʻona tumanida tashkil etilgan 5 nafar farzandni qaramogʻiga olib tarbiyalayotgan Nabijon Valiyevlar oilasi misolida yetim va ota-ona qaramogʻidan maxrum boʻlgan bolalarni parvarishlashning yangi tizimi xususidagi ish tajribalar haqida maqola bosildi.

    Bu bejiz emas, Prezidentimiz rahnomoligida yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning oilalarga joylashtirish, ularning har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, orzu-istaklarini ruyobga chiqarish va ijtimoiy himoya qilish borasida ishlar koʻlami kengaydi.

    Natijada mehribon va bolajon xalqimiz tomonidan koʻngli oʻksin bolalarni oʻz oilalariga qabul qilish, ularni yurtimiz kelajagiga munosib hissa qoʻshadigan vatanparvar insonlar qilib voyaga yetkazish yoʻlida yangi imkoniyatlar yaratildi.

    Bugungi kunda Fargʻona viloyatida faoliyatida 15 ta oilaviy bolalar uylari tashkil etilib, 88 nafar oʻgʻil-qiz tarbiyalanmoqda.

    Bolalar sogʻligʻini muntazam nazorat qilish maqsadida oilaviy bolalar uylarida farzandlikka olingan bolalar, ota-onalar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib kelinadi. Yangi yil bayrami arafasida 15 ta oilaviy bolalar uylari farzandlarini sifatli va uzuluksiz taʼlim olishini taʼminlash maqsadida har bir oilaga elektrgeneratorlar sovgʻa qilindi.

    “Mehr daftari jamgʻarmasi” asosida tuzilgan yoʻl xaritasiga koʻra yetim va ota-ona qaramogʻidan maxrum boʻlgan bollarning orzu istaklari va qiziqishlarini roʻyobga chiqarish, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, sogʻligʻini tiklash kabi masalalar uchun 197 nafar bolalarga 1 mlrd. 432 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.

    Oʻtgan ikki yilda uy-joyga muhtoj boʻlgan mexribonlik hamda oilaviy bolalar uylarini tugatgan 18 yoshga toʻlgan 48 nafar yigit va qizlarga barcha sharoitlarga ega xonadon kalitlari topshirildi.

    Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni maqsadida ochiq eshiklar kuni, turli koʻrik-tanlovlar, sport va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yurtimiz boʻylab sayyoxatlar uyushtirish, dam olishlarini tashkil etish anʼanaga aylangan.

    Shavkatjon Akbarov,

    Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi