Marosimda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 29 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan navoiylik bir guruh faollar, soha xodimlari Milliy gvardiya qo'mondoni va Ichki ishlar vazirining faxriy yorlig'i hamda ko'krak nishonlari bilan taqdirlandilar.
Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qo'mondoni, general-mayor Rustam Jo'rayev hamda viloyat sektor rahbarlari, huquq-tartibot organlarining mas'ul mutasaddilari ishtirok etdi, deya xabar berdi hokimlik matbuot xizmati.