Qarorga koʻra, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi.
Universitet quyidagilar uchun malakali kadrlar tayyorlaydi:
IIV va Milliy gvardiya uchun – jamoat tartibini, yoʻl harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;
Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun – harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qoʻmondonlik-taktik faoliyat sohasida;
qoʻriqlash tuzilmalariga ega organlar uchun – qoʻriqlash sohasining barcha yoʻnalishlarida.
2021/2022 oʻquv yilidan Universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.
Qabul kvotasi bakalavriatga 300 tagacha kursantlarni, sirtqi taʼlim uchun 100 nafargacha tinglovchini tashkil etadi.