Qonun bilan “O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to'g'risida”gi hamda Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonunlarga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, Milliy gvardiya hamda ichki ishlar organlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo'yicha choralar ko'rishi belgilandi.
Shuningdek, Qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish bo'yicha Milliy gvardiya va ichki ishlar organlariga vakolatlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartishlar kiritildi.
Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran 3 oy o'tgach kuchga kiradi.