Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻida belgilanishicha:
– “qisqa raqamli telefon” orqali – fuqarolarning, shuningdek Milliy gvardiya boʻlinmalari shaxsiy tarkibi va ularning oila aʼzolarining qoʻngʻiroqlari qabul qilinadi, roʻyxatga olinadi va har kuni soat 0900ga qadar birinchi rahbarga koʻrib chiqish uchun kiritiladi;
– hududiy boshqarmalar boshliqlari oʻz vakolati doirasida qisqa raqamli telefon orqali tushayotgan qoʻngʻiroqlar masalasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini va hal etilishini taʼminlaydilar.
“Qisqa raqamli telefon” – fuqarolarning Milliy gvardiya tizimiga xabari va maʼlumotini ogʻzaki shaklda real vaqt rejimida qabul qilish uchun moʻljallangan telefon aloqasining (koʻp kanalli) maxsus liniyasi hisoblanadi. Fuqarolarning Milliy gvardiya organlaridan amaliy yordam koʻrsatishni soʻrashi, buzilgan huquqlarini himoya qilishni talab qilishi, tizim faoliyatiga oid tavsiyalar berishi hamda voqea (hodisalar) haqida xabar berishi moʻljallangan.
Jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklar haqida xabarlar – jinoyat va maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan huquqbuzarlikning sodir boʻlgani (sodir etilishi) haqida maʼlumotlardan iborat boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining (329-moddasi) va Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (305-306-moddalari) belgilangan tartib va muddatlarda koʻrib chiqiladigan xabar;
Anonim qoʻngʻiroqlar “qisqa raqamli telefon” orqali familiyasi, ismi, otasining ismini, yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, javob yuborish uchun pochta manzilini, qayta bogʻlanish uchun telefon raqamini maʼlum qilmagan, shuningdek, soʻzlashuv mohiyati va mazmunini bayon qilinmagan qoʻngʻiroqlar koʻrib chiqilmaydi.
Qoʻngʻiroqlar butun Oʻzbekiston Respublikasi barcha hududidan 1215 yagona raqam orqali qoʻngʻiroq qilish yoʻli bilan “bepul” amalga oshiriladi.
“Qisqa raqamli telefon” navbatchilik qismlarida 24 soat mobaynida tunu–kun faoliyat olib boradi.
Qoʻngʻiroqlarni qabul qilish davomiyligi – 20 daqiqadan oshmasligi lozim, ushbu muddat tugagandan keyin qoʻngʻiroq avtomatik tarzda aloqa tarmogʻidan uziladi.
“Qisqa raqamli telefon”ga tushgan qoʻngʻiroq boʻyicha har kun ertalab soat 09:00 dan kechiktirmay – Milliy gvardiya boʻlinmalari rahbarlariga (hududiy boshqarma boshligʻiga) yozma axborot beriladi.
“Qisqa raqamli telefon”ning maqsadi:
Milliy gvardiya tizimiga qoʻngʻiroq qilishning texnik imkoniyatlarini kengaytirish va muloqotning qulay mexanizmini joriy etish;
Milliy gvardiya vakolatiga kiradigan masalalarni va muammolarni tezkorlik bilan hal etish, shu jumladan jamoat tartibini saqlash
va huquqbuzarliklarning oldini olishda foydalanish;
fuqarolarning Milliy gvardiya boʻlinmalari shaxsiy tarkibi tomonidan buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qonun ustuvorligini taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlarining Milliy gvardiya boʻlinmalari tomonidan xizmat koʻrsatilishi uchun sarflanadigan vaqti va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish.
“Qisqa raqamli telefon” quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
qoʻngʻiroq qiluvchilarni Milliy gvardiya faoliyatiga oid ochiq axborotlar bilan taʼminlash;
fuqarolarga Milliy gvardiya tizimiga shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berish;
aholiga huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar berib borish.
qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan holatlarda soʻzlashuvlarni yozish va identifikatsiyalash mexanizmlaridan foydalanish.
Milliy gvardiya Axborot xizmati









