Qarorga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Quyidagilar Jamgʻarmaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- Jamgʻarma sof aktivlarining bozor qiymatini oshirish;
- Jamgʻarma aksiyalarini yetakchi xorijiy fond birjasida joylashtirish;
- Jamgʻarma aktivlariga investitsiyalarni jalb qilish hamda ularni xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish uchun yetakchi xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
- Jamgʻarma investitsiya aktivlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga oʻtish, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini joriy etishda ishtirok etish.
Jamgʻarma ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi oʻtkaziladigan korxona va tijorat banklarining roʻyxati tasdiqlandi.
Jamgʻarma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalari ommaviy joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori Iqtisodiyot va moliya vazirligi hisoblanadi.
Jamgʻarmaning 2030-yilgacha investitsiya aktivlari sof foydasining kamida 50 foizi tegishli yil yakunlariga koʻra dividendlar toʻlashga yoʻnaltiriladi.