Milliy kinologiya markazi faoliyati takomillashtiriladi

    Mamlakatimizda 19 Yanvar 2021 1324

    “Oʻzbekiston Respublkasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yana-da rivojlantirish va takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (21-son, 18.01.2021-y.) qabul qilindi.

    Qaror bilan 2021–2023-yillarda Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yana-da rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

    Konsepsiyaga koʻra, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:

    ➖ kinologiya xizmatini sifatli tashkil etish maqsadida xodimlarni ragʻbatlantirish va kinologlarga 1, 2, 3-darajali kinolog koʻkrak nishonlarini joriy etish;

    ➖ bojxona xizmati organlari hisobidagi zotdor itlarning kelib chiqishi boʻyicha tahlil ishlarini olib borish uchun “Kinologiya xizmati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida alohida dastur yaratish;

    ➖ fuqarolar va it boquvchilarga tavsiyalar berish hamda ularga xizmat koʻrsatish maqsadida onlayn rejimida ishlovchi “Veterinariya xizmati” interaktiv xizmatini yoʻlga qoʻyish.

    Markaz tomonidan veterinariya va davolash-profilaktika va laboratoriya-diagnostika ishlari boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish Markaz hududida alohida tashkil etiladigan veterinariya klinikasi orqali amalga oshiriladi.