Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Prezident taʼlim muassasalari agentligi hamkorligida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan “Eng yaxshi maqola” tanlovi shular jumlasidandir. Tanlovda 121 nafar ijodkor oʻz maqolalari bilan ishtirok etdi.
Ijodiy ishlar Hakamlar hayʼati tomonidan baholandi va “Eng yaxshi maqola” tanlovining 1, 2 va 3-oʻrinlar boʻyicha gʻoliblar aniqlandi. Ular orasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati xodimi Oydin Ibrohimova ham bor.
2-iyul kuni “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va sovgʻalar topshirildi.
Inson huquqlari boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi
Milliy markazining
matbuot xizmati