Milliy merosni asrashga o'z hissangizni qo'shyapsizmi?

    Samarqandda “Milliy merosga mening hissam!” yoshlar aksiyasi o'tkazilmoqda

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-261-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2022-yil 8-iyunda Samarqand viloyatidagi madaniy merosning ko'chmas mulk obektlarida “Milliy merosga mening hissam!” xeshtegi ostida yoshlar aksiyasini o'tkazish bo'yicha reja tasdiqlandi.

    Belgilangan rejaga asosan Madaniy meros boshqarmasi tomonidan viloyatning shahar va tumanlarida “Milliy merosga mening hissam!” heshtegi ostida yoshlar aktsiyasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Aziz yurtdoshim, siz-chi, siz ham milliy merosimizni asrashga o'z hissangizni qo'shyapsizmi?