Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Milliy olimpiya qoʻmitasi ishchi guruhi aʼzolari kunchiqar yurtga yetib borgach, dastavval, Narita aeroportida belgilanganidek koronavirusga qarshi test topshirdi. Manfiy javob chiqqanidan soʻng ular oʻz ishlarini boshlashdi.

Ishchi guruh ayni vaqtda Olimpiya shaharchasida “Tokio–2020” tashkiliy qoʻmitasi koordinatori bilan Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillarini roʻyxatdan oʻtkazmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston delegatsiyasining asosiy qismi 19-iyul kuni Yaponiyaga yoʻl oladi va 20-iyul sanasidan Tokioda mashgʻulot olib borayotgan boks, taekvondo va dzyudo jamoalarimiz bilan Olimpiya shaharchasiga joylashadi.