Natijada “Unisavdo.uz” milliy onlayn savdo maydonchasi platformasi ishlab chiqilib joriy yilning fevralidan test tarzida oʻz ish faoliyatini boshladi. Bu tizim orqali tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlarini respublika boʻyicha savdoga chiqarishlari mumkin boʻladi. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ esa maydoncha orqali xarid qilingan mahsulotlarni xaridor manzili boʻyicha yetkazib beradi. Bunda milliy operator xaridor va sotuvchi oʻrtasida kafil boʻlishdek masʼuliyatli vazifani bajaradi.

Hozirda aholimiz xorijiy internet doʻkonlaridan mahsulot xarid qilishni yaxshi oʻzlashtirishgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini Oʻzbekiston boʻylab sotilishi hali unchalik rivojlanmagan. “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tadbirkorlarga oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish uchun maxsus maydoncha va manzilga joʻnatadigan tizimni taklif etmoqda. Hozirda mahsulot saqlaydigan omborxona, mahsulotni qadoqlaydigan tizimlar ustida ham ishlar olib borilmoqda, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.