Unda kasalllikni erta aniqlashda, ayniqsa rak kasalligini aniqlashda eng so‘nggi yutuqlarni joriy etish masalalari muhokama etildi.
1896-yilda tashkil topgan kompaniya bugun in vitro tashxislash va onkologik kasalliklarni gistologik tashhislash sohasida peshqadamlardan biri sanaladi.
Mazkur uchrashuvda kompaniyaning o‘z tarixi davomida kasalliklarning oldini olish, tashxislash va davolash bo‘yicha yangi imkoniyatlarni izlashda davom etib kelishi ta’kidlandi. Shuningdek, yurtimiz mutaxassislarining malakasini oshirish juda muhimligi ham.
Tomonlar tashxislashda yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan, Sog‘liqni saqlash tizimining o‘sib borayotgan xarajatlarini qisqartirish imkoniyatlarini muhokama etdilar. Bugun Sog‘liqni saqlash tizimining qimmatlashib borishida surunkali kasalliklar, shuningdek, aholi orasida yoshi ulug‘lar sonining oshib borishi katta rol o‘ynaydi. Tajribada ko‘rinishicha, kasallikni erta aniqlashda yordam beradigan in vitro tashxislash davolash natijalarini yaxshilashga ham ta’sir o‘tkazadi, demak, xarajatlarning kamayishiga ham.
Aniq misol tariqasida Alsgeymer biokameralariga testni keltirish mumkin. Uning natijasida bemor nurlanmaydi. Ya’ni in vitro tashxislash bemor uchun keraksiz bo‘lgan yotqizib davolash, unga hyech qanaqangi natija bermaydigan besamara muolajalarning oldini olishga yordam beradi. Masalan, antibiotiklardan ta’sirlanuvchanlikka test juda talabgor sanaladi.
Muzokaralar davomida tomonlar kasallikni tashxislash, jumladan odamning immunitet tanqisligi virusi (VICh) va tuberkulezni molekulyar tashxislash, hamda laboratoriya infratuzilmasini optimallashtirish kabi yo‘nalishlarda kelgusidagi hamkorlikni ishlab chiqish, shuningdek bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.