Milliy palata va AKFA universiteti Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

    Ta'lim 28 Aprel 2021 698

    O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasida va AKFA universiteti mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimi va kadrlar salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

    Hujjatni Milliy palata raisi Rovshan Izamov va AKFA universiteti rektori Behzod Djalilov imzoladilar.

    Tomonlar hamkorlik doirasida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish va rivojlantirishning mamlakat rahbari tomonidan belgilangan vektorlarini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shma loyiha ustida ishlashni rejalashtiryapti. Xususan, bu Prezidentning 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3894-sonli « O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida hamda davlat rahbarining 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590-sonli «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan islohotlar yo‘nalishidir.

    Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimi kadrlar salohiyatini yaxshilashni maqsad qilgan loyihalarni amalga oshira turib, asosiy e’tiborni ilmiy-tadqiqot yo‘nalishiga, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimidagi ta’limga qaratmoqchi.

    Shuningdek, hamkorlik dolzarb xalqaro standartlarga muvofiq isbotlangan tibbiyotga asosan standartlar, tashhislash uslublarini joriy etish, har xil kasalliklarni davolash va profilaktika qilishni takomillashtirishda katta manfaatni ko‘zda tutadi, deb xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.