Milliy palata raisi Rovshan Izamov 2021-yil 21-mayda boʻlib oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi yurtdoshlarimizga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatning sifatini doimiy ravishda oshirib borish uchun eng ilgʻor uslublarni oʻzlashtirishni maqsad qilganligini taʼkidladi.

Oʻz oʻrnida Germaniya hamkorlik kompaniyasi asoschisi va uning bosh direktori Mixail Fogt Oʻzbekistonning muttasil rivojlanib borayotgan sogʻliqni saqlash tizimi eng ilgʻor muallif-kompaniyalarda va soʻngi avlod texnologiyalarini ishlab chiqaruvchilarda katta qiziqish uygʻotayotganini alohida taʼkidladi.

Tomonlarning fikrlari eng avvalo innovatsion tibbiy uskunalarning mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalana oladigan mutaxassislar tayyorlash zarurligida uygʻunlashdi. R. Izamov tashabbusi bilan tomonlar skrining boʻyicha dastlabki loyiha imkoniyatini koʻrib chiqadilar. Bu esa Oʻzbekistonning hududlaridagi shifokorlariga innovatsion nemis uskunasini oʻzlashtirib olish, uning ish rejimidagi natijalarini tahlil etish imkonini beradi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.

Germaniya tomoniga Milliy palataning mamlakatimizning har bir viloyatidagi hududiy boʻlinmalari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, unday loyihani ishga tushirish uchun sharoitlar mavjud ekanligi haqida maʼlumot berildi.