Bugun Turkiya davlatida faoliyat yuritayotgan Istambul, Anqara, Adana, Bursa, Tokat, Bosfor Malatya kabi Universitetlar rektorlari Buxoro davlat Universtitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Turkiya davlatidagi Universitetlar faoliyati haqida maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga adabiyot, sanʼat va turli taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlik qilish borasida fikr almashildi.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat boʻlinmasi direktori Rauf Avezov Istambul va Anqara universitetlari rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazib, kelajakda oʻzbek miliy qoʻshiqchilik sanʼati, xususan, Buxoro “Shashmaqom”i, “Buxorcha” va “Mavrigi” taronalarini keng targʻib qilish, shu bilan birga Turkiyaning qadimiy qoʻshiq va raqslarini oʻrganish borasida davra suhbatlari boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.