Tashrif davomida Turkiya davlatidagi Universitetlar faoliyati haqida ma'lumotlar berildi. Shu bilan birga adabiyot, san'at va turli ta'lim yo'nalishlarida hamkorlik qilish borasida fikr almashildi.

O'zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyat bo'linmasi direktori Rauf Avezov Istambul va Anqara universitetlari rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazib, kelajakda o'zbek miliy qo'shiqchilik san'ati, xususan, Buxoro “Shashmaqom”i, “Buxorcha” va “Mavrigi” taronalarini keng targ'ib qilish, shu bilan birga Turkiyaning qadimiy qo'shiq va raqslarini o'rganish borasida davra suhbatlari bo'lib o'tdi.