“Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼatidan aholini yanada kengroq bahramand etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-401-son, 22.11.2024) qabul qilindi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri xodimlarining mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan hisoblanadigan bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab, orkestrning:
- badiiy-rahbar xodimlari uchun – 4,0 koeffitsiyentga;
- oliy va birinchi toifali artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 4,0 koeffitsiyentga;
- ikkinchi toifali va toifasiz artistlari uchun – 1,17 koeffitsiyentdan 3,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilandi.
Davlat organlari, muassasalari va korxonalari oʻz xodimlarini milliy va jahon mumtoz musiqa sanʼati asarlari bilan tanishtirishi uchun chiptalar va abonementlar sotib olish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
Tajribali dirijyorlar va orkestr ijrochilarining mahorat maktablari faoliyatini yoʻlga qoʻyiladi.