Qarorga ko‘ra, Milliy statistika qo‘mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi tashkil etiladi.
Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas’ul etib belgilandi, jumladan:
- ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan statistik ma’lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;
- mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;
- statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo‘naltirilganlikni) joriy etish.
Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom hamda Respublika statistika kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.