Senatda boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida ishtirokchilarga yurtimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoitlar va ularning samaralari, Senat faoliyatidagi yangiliklar va Yoshlar parlamenti haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularga berilayotgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanish va ayollar huquqlarini taʼminlashda davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi saʼy-harakatlari yuzasidan fikr almashildi.
Oʻz navbatida, talabalar tomonidan bir qator muhim tashabbus va takliflar ilgari surildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Uchrashuvdan soʻng talaba yoshlar Senat binosi va faoliyati bilan tanishdi.