Holat yuzasidan universitet rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Milliy universitetida yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari va boshqa ustozlarga salom bermagani uchun hech qanday masʼul tomonidan talabadan tushuntirish xati yozdirib olinmagan.
“Talabalarning ustozlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishi, salom berishi yoki bermasligi ularning shaxsiy madaniyatiga taalluqli masala hisoblanadi”, — deyiladi munosabatda.
Biroq talabaning uzr soʻrab, tushuntirish xati yozishga majburlangani yuzasidan izoh berilmagan.