Minerva City shahar ichida shahar boʻlishi kutilayotgan katta loyiha

    Urbanizatsiya 11 Dekabr 2020 3960

    Bugun poytaxtimizda Minerva City ofisining ochilishi va shaharcha loyihasining taqdimotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

    Marosimda umumiy maydoni 100 gektarli shaharchada 7 ta sektordan iborat boʻlishi, unda 40 qavatli egizak biznes markaz binolari, 32 va 16 qavatli turar joylar, 2 ta kutubxona, 6,5 gektarli golf maydoni, 10 ming nafar talabaga moʻljallangan Manchester universiteti (London), 5 ming oʻquvchi oʻrniga ega IT maktab, 2 kilometr uzunlikdagi piyodalar osma koʻprigi, Ekobogʻ, savdo markazlari, koʻngilochar maskanlar hamda veloyoʻlaklar boʻlishi taʼkidlandi.

    Tadbir ishtirokchilari Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan Minerva City loyihasi bilan atroflicha tanishdilar,deb xbar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.