Ming dollar evaziga metroga ishga olib kirib qoʻymoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

    Xavfsizlik 24 Sentabr 2022 1305

    Shu yilning 22-sentyabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi boʻlgan “R.R.” fuqaro “L.L.”ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qoʻyish evaziga 1000 (ming) AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

    “Toshkent metropoliteni” xabar berishicha, “Toshkent metropoliteni” DUKning Korrupsiyani oldini olish xizmati xodimlari tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida joriy yilning 22-sentyabr kuni metropoliten tarkibiy tuzilmasida korrupsiyaga oid jinoyat holati aniqlangan.

    Metropoliten tarkibiy tuzilmasi xodimi boʻlgan “R.R.” fuqaro “L.L.”ning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qoʻyish evaziga 1000 (ming) AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

    Jinoyatchiga nisbatan Prokuratura organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 25, 168-moddasi 3-qismi “b” va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, oʻrnatilgan tartibda qamoqqa olingan.