Natijada ajoyib manzara hosil bo'ldi. Unga mahalliy aholi «Mingbuloq muz saroyi» deb nomlab oldi. Maydonda 500 ga yaqin katta-kichik chanalarni uchratishingiz mumkin. 

Mingbuloq hokimi matbuot kotibi SHohruh Kenjaevning aytishicha, tashrif buyuruvchilarning asosiy qismini Namangan shahri, To'raqo'rg'on, Namangan, Pop, CHust tumanlari, hatto Farg'ona va Andijon viloyatlaridan kelayotganlar tashkil etmoqda. Ular orasida 7 yoshdan - 70 yoshgacha bo'lganlar bor. 

Siz ko'rib turgan fotoreportajda bolalik va yoshlik zavqining unutilmas xotiralari, ko'tarinki kayfiyat muhlangan.