Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash hamda kichik biznesni rivojlantirishga qoʻshimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”da videoselektor yigʻilishida hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha fikrlar taʼkidlab oʻtildi. Bunga asosan Mingbuloq tumani 5-toifaga kiritilgan.
Namangan viloyati hokimining topshirigʻiga asosan viloyat ishchi guruhi tashkil etilib, tumanni 5-toifadan chiqarish boʻyicha viloyat ishchi guruhining yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda aholini kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash hamda kichik biznesni rivojlantirish, tuman ixtisoslashuvidan kelib chiqib, drayverlarni rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo yoʻnalishi boʻyicha loyihalarni ishlab chiqish masalalari koʻrib chiqildi.
Yigʻilish yakuni boʻyicha barcha masʼullarga tuman Dasturini ishlab chiqish boʻyicha koʻrsatma va topshiriqlar berildi.