Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G” MCHJ rahbari I.D. va boshqalar oldindan til biriktirib, bank muassasasidan avtomobillarga texnik va maishiy xizmat koʻrsatish markazini tashkil etish uchun ajratilgan 1 mlrd soʻm imtiyozli kreditni soxta hujjatlarni tuzish orqali kredit mablagʻini naqdlashtirishib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan I.D. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.