Majmuaning ochilish marosimi katta shodiyonaga aylandi. Unda zavod ishchi-xodimlari, fermerlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tuman hokimi Nurshod Xudoyberdiyev soʻzga chiqib, Oʻzbekistoning yangi taraqqiyot davrida klasterlarning oʻrni muhim ekanligini taʼkidlab, bu boradagi ishlar dastlabki samaralarini berayotganligini aytib oʻtdi.
Xususan, mazkur paxtachilik klasteri innovatsion texnologiya va ishlanmalarni tatbiq etib, minglab yangi ish oʻrinlarini yaratayotganligi eʼtirof etildi.
2019-yilda qurilishi boshlangan zavod bir kunda 600 tonna paxtani ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 300 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Orifjon JOʻRAYEV,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri