Mingbuloqlik fuqaroga o'z mablag'i qaytarib berildi

    O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Namangan viloyati Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaro X.Z tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.

    Murojaatda iste'molchi Namangan viloyati Mingbuloq tumanida joylashgan “Agrobank” ATIB filialidan issiqxona qurish maqsadida 25 million so'm miqdorida kredit olgan. So'ng issiqxona qurib, daromad olish maqsadida Mingbuloq tumanida joylashgan “X.X” MCHJ bilan shartnoma tuzgan, lekin shu kunga qadar ta'minotchi tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagani, issiqxonani o'z vaqtida qurib bermagan.

    Mazkur murojaat federatsiyaning Mingbuloq tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida Fuqarolik ishlari bo'yicha Namangan tumanlararo sudiga da'vo a'rizasi sifatida kiritilgan. Sud hukmiga ko'ra, iste'molchiga keltirilgan ma'naviy zararlarni ham inobatga olgan holda 25 million to'rt yuz ming so'm mablag' undirib berilishiga erishildi.