“Miniatyura sanʼatining YUNESKOning Reprezentativ roʻyxatiga kiritilgani uzoq tarixga ega va Oʻzbekistonda oʻzining eng yuqori choʻqqisiga yetgan ushbu sanʼat turining xalqaro eʼtirofidir”, – deya yozgan u “Facebook”dagi sahifasida.
YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni himoya qilish boʻyicha hukumatlararo qoʻmitasi XV sessiyasida Kamoliddin Behzod singari koʻplab yorqin va taniqli rassomlar bilan oʻzbek miniatyura maktabi koʻp asrlar davomida dunyodagi eng kuchli va eng taniqli maktablardan biri boʻlib qolayotgani taʼkidlandi.
Ushbu sessiyada nomoddiy madaniy merosning 42 milliy va koʻp millatli elementi boʻyicha nomzodlar koʻrib chiqiladi.